Explanatory dictionary
et
эт
Meanings
- aynan goʻsht 2, 3.
- Odamning badani; odam badanining yumshoqjoyi, mushaklari.
Examples
- Mol eti.
- Qoʻy eti.
- Xom et.
- Shaftoli eti.
- Eti qizil qovun.
- Nasiya yemang etni, qizartiradi betni. — Maqol
- Siz mana shu pulga guzardan bir chorak et keltirib, shoʻrva qilib bersangiz! — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Eti uvishmoq. Soʻz suyakdan, tayok etdan oʻtadi. — Maqol.
- Qizlardan uch-toʻrttasi Nozikni taʼqib etdi va shart-shurt bir-birining yalangʻoch etiga urishib, shartak olishdilar. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayonBir parcha et - hali hech narsani bilmaydigan, yangi tugʻilgan chaqaloq haqida.
- Onajon! Bir parcha et edim, Sen qilding odam. — D. FayziyBir qop et - 1) juda semiz, turgan-bitgani goʻsht; 2) hech narsa qila olmaydigan, harakatsiz odam haqida.
- Umidsiz odam - bir qop et. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻiEt bilan tirnoq - bir-biridan ajralmaydigan, oʻzaro juda bogʻliq.
- Teatr bilan dramaturgii et bilan tirnoqqa qiyos qilish mumkin. — Nazir Safarov — Olovli izlarEt oldirmoq - ozmoq.
- Onajonining ancha et oldirib qoʻyganini koʻrgan oʻgʻli Hamidulla ham tunlari navbatchilik qilardi. — M. Qoʻshoqov — Katta xirmon jilgʻasiEt olmoq - (yoki solmoq) - semirmoq.
- Jonivorlar men yoʻgʻimda salkam oʻn kilodan et olibdi. — S. Anorboyev — Oqsoy
- Bular et solib, tanballashib qolishgan, ularni ishlashga majbur qilish kerak. — Asqad Muxtor — TugʻilishEti suyagiga (yoki ustuxoniga) yopishmoq - juda ozib ketmoq; suyagi chiqmoq.
- Bir necha kun ichida Nodirjonning eti ustuxoniga yopishdi.. peshonasida ajinlar paydo boʻldi. — A. Muhiddin — Chap choʻntak
- Samovarchi eti suyagiga yopishgan.. gʻirt koʻsa odam edi. — Oybek — Tanlangan asarlarEti uzilmoq - qattiq qaltis yeyishdan mushaklari choʻzilib qolmoq.
- Kampir choʻnkayib, oʻgʻlining oyogʻini koʻzdan kechirdi, asta ushlab koʻrdi - hartugul chiqmagan ekan, eti uzilgan boʻlsa kerak. — Mirkarim Osim — Tilsiz guvohEti oʻlmoq - 1) badani sezmaydigan boʻlib qolmoq; 2) odatlanib, koʻnikib qolmoq.
- Otaboy bunaqa poʻpisalarni eshitaverib, eti oʻlib qolganidan, pisand qilmadi. — Said Ahmad — Choʻl shamollariEtiga (yoki badaniga) suv yuqtirmaslik - oʻziga ran tegizmaslikka, oʻz izzat-hurmati, obroʻ-eʼtiborini saqlab qolishga harakat qilmoq.
- U etiga suv yuqtirmaslikka urindi. — Jonrid Abdullaxonov — YoʻlEtidan tushmoq - ozmoq, etini yoʻqotmoq.
- Cholning koʻziga rangi oʻchib.. bir qavat etidan tushganday koʻrindi. — "Sharq yulduzi"Etini tashlamoq - etidan tushmoq.
- Mingboshi keluvchiga olayib qaradi.. Soli sovuq birdan ikki enlik etini tashladi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
Source: Wiktionary
Views: 0