Explanatory dictionary
faqir
фақир
Meanings
- . Moddiy jihatdan nochor, kambagʻal, muhtoj.
- . Birinchi shaxs oʻrnida yoki "men", "biz" olmoshlari bilan birlikda ishlatilib, soʻzlovchining kamtarlik qilayotganini ifodalaydi.
- . Nochor, bechora, chorasiz.
- Bola faqir Achinarli, qiyin ahvolga tushgan yosh bola; bechora bola.
Examples
- Faqir odam.
- Amirning oshidan faqirning mushti yaxshi. — Maqol —
- Birovning mol-dunyosi oshib-toshib yotsa-yu, faqirga koʻz olaytirsa, haqiqat bormi axir, ey falak! — J. Sharipov — Xorazm.
- Javob ololmadi hech kim ham zotan: Na sulton, na gado, na shoh, na faqir. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Tabibiy entikdi: Faqiringiz vijdonim buyurgan gapni aytdim. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Faqir u zotning suhbatlaridan bahramand boʻlgan paytlarimni eslasam, yuragim ezilur! — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Sizdek muhtaram zot taklif etadi-yu, bizdek faqir bosh tortadimi? — S. Siyoyev — Avaz.
- Kichik, xarob, faqir bir uy.
- Kampir va yosh bir xotin joʻxori tozalar edi. — Oybek — Nur qidirib.
- Faqir yuragim orqamga tortib, peshonamni sovuq ter bosdi. — "Fan va turmush". —
- Bola faqirga qiyin boʻldi, — dedi Jonuzoq oqsoqol. — Issiq-sovugʻiga qaraydigani yoʻq. Yolgʻiz. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Bola faqirning qilgan mehnatiga hali bu hosilalar ham oz, taqsir! — A. Qodiriy — Obid ketmon.
Etymology
arab. – qambagʻal, muhtoj
Source: Wiktionary
Views: 0