Explanatory dictionary
farmon
фармон
Meanings
- . Biror ishning bajarilishi haqida beriladigan buyruq, hukm, topshiriq; amr.
- Farmoni oliy Podshoh yoki xon tomonidan berilgan farmon.
- . Hokimiyat oliy organi yoki davlat boshligʻining qonun kuchiga ega boʻlgan buyrugʻi, farmoyishi.
Examples
- Farmon bermoq. Farmon chiqarmoq.
- Borniki — farmon bilan, Yoʻqniki — armon bilan. — Maqol.
- U farmon kutib, xonga yuzlandi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Oʻlmas maston qirqin qiziga farmon qildi. — "Malikai ayyor".
- Saroy vaziri noiloj bosh egib, farmoni oliy hozirlagani chiqib ketdi. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining farmoni.
Etymology
fors. – amr, xukm; koʻrsatma; qatʼiy qaror
Source: Wiktionary
Views: 0