Explanatory dictionary
fikr
фикр
Meanings
- Biror narsa, hodisa yoki kimsa haqida oʻy, xayol. Fikri ravshanning soʻzi ravshan. Maqol. a Hani-faning fikri bir zumda ayqash-uyqash boʻlib qoldi. "Saodat". | Puri] Tili bilan Fazlid-dinga har xil yoqimli soʻzlar soʻzlasa ham, fikri boshqa yoqlarda kezdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Fikrga tolmoq (yoki ketmoq, choʻmmoq, shoʻngʻimoq) Qattiq oʻylanib, xayol surib xolmok,. Tashqariga chiqqandan keyin, [Kumush] ayvonning tumshugʻiga oʻtirdi va oʻng qoʻlining kaftiga yuzini olib, fikrga toldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Aflotun tanburni chalib, fikrga shoʻngʻibdi. Oybek, Tanlangan asarlar. [Otabek] Birmuncha vaqt fikrga ketib oʻtirgandan soʻng soʻradi.. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Biror narsaga nisbatan munosabatni, uni baholashni ifodalaydigan hukm, xulosa. Yaxshini koʻrib, fikr qil, yomonni koʻrib, shu-kur qil! Matsol. ■■ Boring, qozingizni topib, oʻz fikringizni ayting. U. Ismoilov, Saylan-ma. U Boʻtayevning fikriga qoʻshila olmadi. "Yoshlik".
- Fikr yurgizmoq (yoki yuritmoq) Biror xu-losaga kelish matssadida narsa yoki hodi-salarni taxxoslamots; ular hatsida oʻylamots, mulohaza xilmots. \Shoqosim:\ Xotinimni ham kambagʻallik yiqitdi, bu yerdagi ogʻir ish nobud qildi. Bu tomonlarga andak fikr yur-gizib, keyin gapiring, Yormat aka. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Biror masala, ish yuzasidan berila-digan taklif; maslahat. Bu ish yuzasidan qanday fikr berasiz? n Mohira oyim eri-dan fikr soʻrash oʻrniga qiziga arz qiladir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Alamazon gazetadan Akbarning turkum sheʼrlarini oʻqib, fikr bildirgisi kelib qoldi. A. Obidjon, Akang saragʻay Gulmat.
- Fikr olishmoq Biror masala yuzasidan bir-biri bilan maslahatlashmox, fikrlash-moxFikr olishuv natijasida ular shunday qarorga kelishdi: Hakimboyvachcha onasining arvohiga "xatmi qurʼon" qiladi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Biror narsaga erishish, biror ishni amalga oshirish haxidagi niyat, matssad. [Sa-limboyvachcha] Gulnorning axyuqsiz qiz ekani-ni oʻsha vaqtda fosh etishga jazm qilgan boʻlsa-da, bu fikridan darrov voz kechishga majbur boʻlgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Qoʻrchiboshi uch tomoni devorday tik qoyatosh boʻlgan.. toqqa taxtiravon ishlatish fikridan qaytdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Fikriga tushmoq Biror narsaga eri-shishga, biror ishni amalga oshirishga bel bogʻlamots, jazm silmots, shu ishning payi-ga tushmots. Shundan keyin bir necha yor-doʻstlari, toʻy chiqimini oʻzaro ustlariga olishib, uni uylantirish fikriga tushdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Narsa va hodisalarni taxxoslab oʻr-ganish, mulohaza yuritish natijasi; toʻxtam, saror. Demak, erkaklar hamma narsa toʻgʻ-risida oʻylab, bir fikrga kelishgan. Oybek, Tanlangan asarlar. -Men oʻzim ham shu fikrga kelgan edim, — dedi Meʼmor. Mirmuhsin, Meʼmor. Har qanday inson oʻz fikrini bil-dirib, qalbini yozishga haqli. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv. Boshliq oʻz fikriga ega boʻlmasa, qoʻgʻirchoqqa aylanadi. "Sharx yulduzi".
- Tushuncha, bilim; ong, akd. Olamning tuzilishi haqidagi fikrimiz takomillash-moqda. n -Agar kishi aqlni, fikrni ki-tobdan olmasa, qayoqdan oladi? — dedi El-murod. P. Tursun, Oʻxituvchi. Aqli, fikrining teranligini koʻzlari aytib turardi. S. Zunnunova, Olov.
- Jamiyat hayoti va tabiatni tushunish yoʻsini; dunyoxarash, maslak. Otamning, ham oʻzimning qanday fikr va maslak kishisi ekanligimizni aytib oʻtmoqchi boʻlaman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Uni oʻqidingizmi, insof bilan ayting, asarda qanday zararli fikr bor. Oybek, Nur xidirib.
- (egalik qoʻshimchasi va -cha affiksi bilan) krsh. s. vazifasida. Aytilayotgan fikrning saysi shaxsga tegishli ekanligini bildi-radi. Mening fikrimcha, vatanparvarlik tarixni oʻrganishdan boshlanadi. "Fan va turmush".
Etymology
فِكْر — tafakkur, gʻoya; aql, oʻy-lash, oʻy, xayol, mulohaza
Source: Wiktionary
Views: 0