Explanatory dictionary
fitr
фитр
Meanings
- . Roʻzaning tamom boʻlishi; roʻza tamom boʻlishi bilan odatdagicha ovqatlanish huquqiga ega boʻlish.
- . Roʻza oxirida kambagʻallarga, mullalarga beriladigan sadaqa, ehson. Hosilning oʻndan biri hisobida machitga beriladigan ushur, mohi ramazonda jon boshiga beriladigan fitr, imomga, mirobga, sartaroshga beriladigan kapsan..
- Fitr(i) roʻza 1) roʻza tamom boʻlishi bilan kambagʻallarga beriladigan sadaqa; 2) roʻza tutmagan kishilarning oʻz gunohlarini yuvish uchun mulla, imomga beradigan sadaqasi.
Examples
- qoʻyingchi, hammasi ana shu shoʻrlik chorakorga tegadigan toʻrtdan bir boʻlak ustida. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Oʻtgan hafta mulla Qudratga oʻttiz soʻm fitr puliyam berdim. — M. M. Doʻst — Galatepa qissasi.
- Ammo men boʻlsam, topgan foydalarimning yarmini hamisha xayru sadaqaga sarf qilaman: imomga fitri roʻza beraman, xalqni qurbonlik goʻshtidan ziyofat qilaman.. Bu-larning bari sadaqa. — S. Ayniy — Doxunda.
Etymology
arab. – roʻzaning tugashi, ogʻiz ochiqlik; ramazon hayitida beriladigan ehson, sadaqa
Source: Wiktionary
Views: 0