Explanatory dictionary
foyda
фойда
Meanings
- Biror kimsa yoki narsa uchun boʻladigan naf, manfaat; ijobiy natija.
- Qilingan xarj bilan olingan daromad oʻrtasidagi farqdan tashkil topgan summa, mablagʻ; daromad.
- —Oʻzbek tilining izohli lugʻati
- Foyda qilmoq 1) ijobiy natija bermoq, oʻzining foydali taʼsirini koʻrsatmoq.
- Qarzga berilgan puldan foydalanganligi uchun xarzdordan kreditor oladigan qoʻshimcha pul, haq; foiz.
Examples
- Yolgʻon aytib, foyda koʻrsang, oxiri zarar toparsan — Maqol. m
- Siringizni mendan yashirmang, balkim foydam tegib qolar. — K. Yashin — Hamza.
- Navoiy el foydasi va davlat manfaati uchun boʻlgan bu vazifaga, oʻz odati boʻyicha eʼtiroz qshshadi — Oybek — Navoiy.
- Kuxmishkapaliklar Zokirxoʻja qassob toʻgʻrisida gap borsa, „har bir soʻyilgan qoʻydan ikki hissa foyda koʻrmasa, oʻzini changakka osadi", deb taʼriflar edilar. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Menimcha, tijorat paydo boʻlgan zamondan boshlab bunday moʻl foydani hech kim koʻrgan emas. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dori foyda qildi.
- Xazq juda koʻp shishlarni paxtadogʻ bilan davolaydi. Agar bu shish gazak shishi boʻlsa, paxtadogʻ foyda qiladi, lekin rak shishi boʻlsa, avj oldiradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari; 2) biror ish, sohadan iqtisodiy manfaat topmoq, daromad olmoq.
- Tadbirkor dehqonchilikdan katta foyda qiladi.
- Qarzimni uzganman, faqat foydasi qolgan. — S. Abdulla — Tanlangan asarlar.
Etymology
a. — afzallik, imtiyoz; hayon, naf, bahra
Source: Wiktionary
Views: 0