Explanatory dictionary
front
фронт
Meanings
- Harbiy saf yoki kolonna va uning qoʻmondonga qarab turgan old tomoni.
- Jang \arakatlari boʻlayotgan hududning, maydonning dushmanga qarab turgan old tomoni, jang maydoni. Dadamat aka, ba-sharti urush boshlanib qolsa, oʻsha zahotiyoq qoʻliga qurol olib, frontga joʻnaydi. F. Mu-sajonov, Himmat. Onaning uch oʻgʻli — koʻzi-ning oq-qoralari frontdan qaytmadi. "Gul-dasta".
- Bevosita urush, jangning oʻzi. Front Bektemirga dastlab uncha vahimali koʻrin-madi. Oybek, Quyosh qoraymas.
- Urush vaqtida harakatdagi armiyaning bir qoʻmondon rahbarligi ostidagi eng yirik guruhi — oliy operativ-strategik birlashma. Ukraina fronti. Janubiy front. m Mirzayev Gʻarbiy frontning oʻzida uchta xat, ikkita sovgʻa olgan edi. A. Qahhor, Koʻk konvert.
- koʻchma Ommaviy harakatlar maydoni, shuningdek, biron-bir ish, faoliyat sohasi. Mehnat fronti. m Mudhish urush — qon toʻkish toʻxtatildi. Tinch mehnatda ter toʻkish fronti boishandi. N. Safarov, Olov-li izlar. Bu yer front! Paxta fronti! Dan-gasalik qilgan odam shafqat kutmasin. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
Etymology
fr. front — peshona < lot. frons, frontis — peshona, old tomon
Source: Wiktionary
Views: 0