Explanatory dictionary
gal
гал
Meanings
- . Birin-ketin sodir boʻladigan voqea-hodisalar, bajariladigan ishlar tartibi, navbati.
- Birinchi galda Avvalo, birinchi navbatda, birinchi boʻlib.
- . Qatorda egallangan, ishgʻol etilgan oʻrin, navbat.
- Gal bermay Bir-biriga navbat bermay.
- Galga solmoq Biror bahona bilan ishni orqaga surmoq, ovora qilmoq.
- Gali bilan Navbati bilan, birin-ketin, oʻz navbatida.
- . ("bu", "shu", "har", "bir" kabi soʻzlar bilan) Safar, navbat.
Examples
- Bugun mening galim.
- Ming balo bilan Qutidor qoʻlini boʻshatib, gal Otabekka yetdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Yoʻlchining] Qorni juda och edi. Lekin unga, birinchi galda, soch-soqolini qirdirish mashaqqati tushdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ertasi ertalab Margʻilonning Qoʻqon darbozasidan birinchi galda chiquvchi Hasanali boʻldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ular [yigit-qizlar] bir-biriga gal bermay, allaqanday voqeani gapirishib kelishayapti. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Yoʻlchi gali bilan mehmonlarning otlarini.. daraxtlarga qantarib bogʻladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bu gal Doʻstmat har safargiday ish qidirib ketdi-yu, lekin qaytib kelmadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Gulnor bu yerga kelsa, Nuri har gal biron ogʻir yumush qildirar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0