Explanatory dictionary
gaplashmoq
гаплашмоқ
Meanings
- Suhbatlashmoq; soʻz-lashmoq.
- koʻchma. Oʻzaro kelishmoq, bitishmoq. -Sha-gʻal gagiashib qoʻyuvdim, Quryoz aka, — dedim rostiga koʻchib. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Temirni gagiashib qoʻydim. Erta sahar shu yerdan olib ketamiz. M. Ismoiliy, Fargʻonat.o.
- Muhokama qilmoq, kengashmoq.
- Oʻzaro munosabatlarni oydinlashtir-moq; orani ochiq qilmoq; adabini bermoq.
Examples
- Nega odamlar shivirlashib gaplash-yapti?S. — Zunnunova — Koʻk chirokdar.
- Dilora dugonasi bilan uzoq gaplashmadi. — M. Is-moiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Undan keyin soat toʻqqizga butun kolxozchilarni yigʻish kerak. Gazetani oʻqiymiz, hamma gapni ochiqchasiga gaplashamiz. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. -Men tegishli joyda gapla-shaman, — dedi Nizomiddinov qogʻozlarini yigʻishtirayotib, — men ochdim bu ishlarni, men fosh qildim. A. Qahhor, Munofiq.
- -Paiti keladi sen bilan gaplashishning, dedi-da, nari ketdi. — M. Hazratqulov. Jurʼat.
- -Shoshma, dadang yoʻqligida san oʻlgur bilan gaplashib olay, yurak-bagʻrimni zaharlading! — oʻrnidan turib, ildamlik bilan qoʻrgʻon eshigini zanjirladi Gulsumbibi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Otasiman, uning topgani meniki, qani, bitta sholini u yoq-bu yoq qilib koʻr-chi, gaplashib qoʻyaman. — S. Ahmad — Ufq.
Source: Wiktionary
Views: 0