Explanatory dictionary
garchi
гарчи
Meanings
- Ergash gapdagi ish-harakatning bosh gapdagi ish-harakat amalga oshishiga toʻsiq boʻla olmasligini taʼkidlash uchun xizmat qiladi.
Examples
- Shayxzoda domla, garchi meni oʻqitmagan boʻlsa ham, men oʻqigan institutda dars berardi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Mehmonlar, garchi bunday vaqtda kishiga hech qanday soʻz tasalli bera olmasligini bilishsa ham, kampirga tasalli bergan boʻlib qoʻzgʻalishdi. — A. Qahhor — Asror bobo.
Etymology
fors. – "agarchi" bogʻlovchisining qisqa shakli
Source: Wiktionary
Views: 0