Explanatory dictionary
gardan
гардан
Meanings
- Gavdaning bosh bilan yelka orasidagi qismi; boʻyin; boʻyinning orqa qismi.
- Gardaniga olmoq 1) oʻz ustiga olmoq, zimmasiga olmoq. Ishning ogʻirini oʻz gar-danimga olaman: puli, oziq-ovqat, asbob-uskunasi, ulovi mendan; mehnat — xalqdan. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.; 2) iqror boʻlmoq, tan olmoq, boʻyniga olmoq. Gardaniga yuklamoq (yoki qoʻymoq) Zimmasiga yuklamoq, topshirmoq.
Examples
- Polvonoʻrnidan turdi, nima qilishni bilmay, goh peshonasini uqalar, goh gardanini qashir edi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar. Sochlari chakkasi va garda-nigacha tushgan, yelkasiga fotoapparat ilgan yoshgina novcha sariq yigitcha hammaga bir-bir jilmayib turardi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar.
- Direktor bu ishni uning gardaniga yukladi. Paxtachilikdagi eng ogʻir ishlar mashinalar gardaniga yuklandi. Gardaniga tushmoq Zimmasiga tushmoq.
- Yengsalar — nur ustiga nur. Yengilsalar — masʼuliyat Anvarning gardaniga tushadi. — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik.
Etymology
|f. — boʻyin
Source: Wiktionary
Views: 0