Explanatory dictionary
gul-gul
гул-гул
Meanings
- Chamandek rang-barang, gulgun va goʻzal.
- Gul-gul ochilmoq (yoki yonmoq, yashnamoq) 1) butun goʻzalligi, latofati bilan namoyon boʻlmoq, yashnab ketmoq.
Examples
- Sizlar bilan birga, xalqimizga gul-gul nafis gazlamalar toʻqib kiygizamiz! — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Sochpopugin yoygan tol bargi, Chaman bogʻlar chiroyi gul-gul. — T. Toʻla.
- Bahor kelib, dalalar gul-gul ochilib ketdi. m
- Inobat jindek pardoz bilan oydekkina kelin boʻldi. Ayniq-sa, toʻyning ertasiga gul-gul ochilib ketdi. — S. Ahmad — Saylanma.
- Zevarxon ham gul-gul ochilib ketdi. — N. Aminov — Suvarak; 2) shod-likdan chehrasi ochilib, yayrab-quvnab, ochilib-sochilmoq.
- Darhaqiqat, Kanizak Oʻrmonjonning oldiga yuragi poʻkillab bordi-yu, gul-gul ochilib qaytdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Saodatning hayajondan gul-gul yongan baxtiyor chehrasidan koʻzini uzolmasdan oʻtirgan Turgʻun birinchi marta uni sevib qolganiga iqror boʻldi. — O. Yoqubov — Togʻ qizi.
Source: Wiktionary
Views: 0