Explanatory dictionary
halak
ҳалак
Meanings
- Holdan toygan, azobli holatda.
- Joni halak Kuyingan, kuymangan holatda; biror narsa koʻyida, harakatida bezovta, notinch holatli.
- Halak qilmoq Azobga qoʻymoq, qiynamoq.
Examples
- Izingizdan chopaman, Hayqiraman men halak. — S. Ochil — Umidvor qushcha.
- Nega bugun bemadorsan, halaksan?.. — E. Vohidov — Sharqiy qirgʻoq.
- ..koʻzim qiymaganidan, ishim koʻpligiga qaramay, kelishga keldim-u, ketishning ilojini topolmay halakman. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Ertalab nonushtangizni, kechqurun ovqatingizni tayyorlayman, deb jonim halak. — B. Rahmonov — Yurak sirlari.
- Buning ustiga har qadamda dushman. Bir falokat boʻlmasa, deb jonim halak. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Bu soʻzimni enam, singlim bilmasin, Yigʻlab, oʻzin otib halak qilmasin. — "Murodxon".
Etymology
arab. – oʻlim, oʻlish; vafot qilish; halok boʻlish
Source: Wiktionary
Views: 0