Explanatory dictionary
halovat
ҳаловат
Meanings
- Tinch, ozorsiz, betashvish holatda uygʻona-digan, yuzaga keladigan his-tuygʻu; orom, rohat.
- Tinch, osoyishta holat.
- Biror narsaning boshqasiga nisbatan "hech gap emas", "chidasa boʻladigan", "buni-si holva" ekani maʼnosini bildiradi.
Examples
- Gʻazal yozishdan maqsad jonga rohat va dilga halovat keltirishdir. — M. Shayx-zoda — Gʻazal mulkining sultoni.
- Kim ham aytgandi, oʻrtada farzand boʻlmasa, tur-mushda halovat ham boʻlmaydi, deb. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Zirapcha kirsaham, tish ogʻrisa ham, halovat yoʻqoladi. — "Fan va turmush".
- Shu sokin kecha-ning halovatini buzib, birovlarning uyi-da — qoʻrgʻonida oʻrmalashib yurgan bu yigit kim ekan-a? — Gʻ. Gʻulom — Soyalar. Jabbor pol-von polga joy solib yotdi. U tinchib, koʻz yumdi-yu, Juman uxlay olmadi. Negadir ha-lovati qochgan edi. A. Muxtor, Tugʻilish.
- Fa-qat Yulduzxonni koʻrdim-u, halovatimni yoʻqotdim, yuragimga xuddi choʻgʻ tushganday. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Bunisi halovat.. shya Qor ham halovat ekan, ertasidan boshlab qattiq qorasovuq bosh-landi.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Etymology
\a. o— lazzat, zavq; hu-zur; yoqimlilik; shirinlik, noziklik
Source: Wiktionary
Views: 0