Explanatory dictionary
harchand
ҳарчанд
Meanings
- . Toʻsiqsiz ergash gap tarkibida "har qancha", "qanchalik", "imkon boricha" maʼnosini bildiradi.
- . Inkor maʼnosini kuchaytiradi; aslo, hech.
Examples
- Parda yopildi. U odamlar harchand chapak chalishsa ham, qayta ochilmadi. — A. Eshonov — Chorgoh.
- Sultonov harchand urinmasin, ularning gapi qovushmadi. — E. Usmonov — Yolqin.
- Yodgor uni harchand ranjitgisi kelmasada, yolgʻon gapirolmadi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Hasanxonning pandu nasihatlarini Zevarxon qabul qilmadi, harchand gapga quloq solmadi. — "Baxrom va Gulandom".
Etymology
fors. -sa ham, -ga qaramay
Source: Wiktionary
Views: 0