Explanatory dictionary
hayot
ҳаёт
Meanings
- Materiyaning oʻz rivoj-lanishining muayyan bir davridagi hara-katlanish shakli.
- Inson, hayvon, oʻsimliklarning tu-gʻilgandan (yuzaga kelgandan) oʻlgunga (yoʻq boʻlgunga) qadar boʻlgan fiziologik holati, tirik, mavjud, yashayotgan holati.
- Hayot bagʻishlamoq (yoki baxsh etmoq) 1) dunyoga keltirmoq, tugʻmoq; 2) oʻlimdan saq-lamoq, yashashga imkon bermoq, imkon yarat-moq.
- Yashash muddati; umr. Toʻy — kishi hayo-tidagi eng yaxshi orzu-umidlarning ushalishi. Gazetadan.
- Hayot kechirmoq Umr koʻrmoq, yashamoq.
- Hayot bagʻishlovchi, hayotni taʼ-minlovchi narsa.
- Kishi va jamiyatning yashash tarzi, holati; turmush, tirikchilik.
- Bizni oʻrab olgan real borliq, voqe-lik.
- sft. Yashab turgan; tirik.
- Jonlanish, uygʻonish.
- Hayot (xotin-qizlar ismi).
Examples
- Yerda hayotning paydo boʻ-lishi. Oʻsimliklar hayoti. yat Yaqin atrofimizni oʻrganib, faqat sayyorangizda hayot borligini aniqlaganimizga ancha boʻldi. — 0. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Koʻz juda murakkab optik sistema boʻlib, kishi hayoti-da koʻzning yaxshi koʻrishi muhimdir. — Gazetadan.
- Bir avlodning hayoticha davr ichida nur degan soʻz ermakday boshlanib, asrlarning hokimi boʻlib qoldi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Uning hayot asari qolmagan yuzi yana xira-lashdi.. — K. Yashin — Hamza.
- ..meni dor ostidan qutqarib, menga yana hayot bagʻiisshdingiz. — A. Qodiriy — Oʻtgan kun-lar.
- Shu bilan birga, oʻziga hayot baxsh etgan hakimning xizmatiga hamisha kamarbasta boʻlibturdi. — K. Yashin — Hamza; 3) hayot, yashash sharoiti, imkoniyati bilan taʼminlamoq.
- Ona tabiat insonga turli-tuman neʼmat-larni inʼom etib, unga hayot bagʻishlab tu-radi. — Gazetadan.
- Mana, subhidam payti, quyosh-ning zarrin nurlari hamma yoqqa hayot ba-gʻishlayapti.. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Suv oqadi, qon kabi borib, Gʻoʻzalarga baxsh etar hayot. — Gʻayratiy.
- Gapni choʻzma, chunkihayot qisqadir. — M. Joʻra — Iztirob.
- Olima hayotining oxiriga qadar xalq uchun pokiza vijdon bilan xizmat qildi. — "Saodat".
- U bilan birga oʻttiz yil hayot kechirdik. n
- Qoraqalpoq xalqi yangi shaharlarda, qulay, yorugʻ, bahavo uy-joylarda hayot kechirmoqda. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Elektr simlardan hayot oqadi. — "Guldasta". Harakat — issiqlik, uccuwuk —
- hayot demak. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Non hidida hayot bor, Har magʻzida ma-mot bor. — Gazetadan.
- Ijtimoiy hayot. Oilaviy hayot. Yozuvchining hayoti va faoliyati. Respublika hayoti. Mahalla hayo-ti. n Bilim yurti talabalarining hayo-ti har tomonlama sermazmun oʻtmoqda. Gazetadan.
- Ushning baland-past loy tomlari shahardagi qashshoq hayotning guvohidek mungʻayibturipti. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Shu hayot, shu turmushdan gadolik aʼlo. — Gʻayratiy.
- Hayot juda qiziq-a?! Birovlar — asal, birovlar zahar berarkan. — S. Yunusov — Ku-tilmagan xazina.
- Hayotda shunday odamlar borki, ular butun umrlarini faqat bir ishga, biron kasbga bagʻishlagan boʻladilar. — X. Yodgorov — Hayot toʻlqinlari.
- Kim biladi, balki hayotdir va, ehtimol, hayotga yotdir. — H. Olimjon.
- Shu darcha cholingiz hayot vaq-tida ham qiishiq edi.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Redaksiya-da havo yurishib, hayot alomatlari paydo boʻlgandek tuyuldi Ahmadga. — F. Musajonov — Ximmat.
Source: Wiktionary
Views: 0