Explanatory dictionary
hayvon
ҳайвон
Meanings
- Harakat qilish va sezish qobiliyatiga ega boʻlgan har bir tirik mavjudot; jonivor.
- Insondan boshqa har qanday jonivor.
- Ish hayvoni Minish, yuk tashish, yer haydash uchun foydalaniladigan toʻrt oyoqli jonivor; ot-ulov.
- Odati, qiligʻi, xatti-harakati va sh.k. jihatdan hayvonga oʻxshashlikni, hayvonga nisbatli haqoratni bildiradi.
- Obi hayvon Oʻlikni tiriltiradigan suv, tiriklik suvi (ertaklarda). Hayvoni notiq Inson, odam.
Examples
- Umurtqali hayvon. Sutemizuvchi hayvonlar. Sudraluvchi hay-vonlar. Vahshiy hayvonlar. Uy hayvonlari.
- Oʻrgatilgan hayvonlar. Hayvonot bogʻida hayvonlarning turlari ham, soni ham koʻp. yaya Olimovning hikoyasi bolalarning zehnida shunday taassurot qoldirdi: issiq bilan sovuq, qor bilan yomgʻir, suv bilan havo, oʻsimlik va hayvonlar — bularning hammasi tabiatdagi qazish, oʻyish, yemirish kuchlari hisoblanar ekan.. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoq-lar.
- Quloqlarning ot-ulovlari, ish hayvonlari bugun-erta kolxoz hisobiga oʻtishi kerak. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Odamning hayvoni kishi haqidan qoʻrqmaydi, kishi moliga koʻz olaytiradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Shuncha yildan buyonmenuning bunaqa qiliqlari borligini bilmas ekanman. Hayvonning oʻzginasi ekan-ku! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- -Voy hayvonlar-yey! Tfu! — dedi-yu, shartta burilib chiqib ketdi. — S. Siyoyev — Otliq ayol.
- Ilgari "oz-moz" ichib, soʻng boʻldi hayvon oqibat. — H. Nuriy.
Etymology
a. o' — tirik narsa, har bir tirik jon
Source: Wiktionary
Views: 0