Explanatory dictionary
hikmat
ҳикмат
Meanings
- Aql-zakovat, do-nolik va uning ifodasi boʻlgan, uni aks ettiruvchi narsa — gap-soʻz, fikr va sh.k.; donolik belgisi.
- Tagini anglash qiyin boʻlgan, yashi-rin bir maʼno, yashirin bir sabab; sir.
- Foydali tomon; naf, foyda (ish, harakat haqida).
- Hikmati bor narsa, hikmat bildi-ruvchi fikr, ran.
- esk. ayn. fizika.
- Ilmi hikmat Fizika.
- Hikmat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
Examples
- Oz yemok — tani sogʻliq, Oz demak — hikmatga bogʻliq. — Maqol. Nodon-ning kulfati kup, Dononing —
- hikmati. — Ma-qol. m
- Bobolarning hikmati Hayotga yorugʻ yoʻldir: Otang bolasi boʻlma, Odam bolasi boʻl, der. — E. Vohidov.
- Podshoh bilan sherga yaqin boʻlmoq hikmatdan emasdir. — "Ertaklar". "Ku-rashmoq — oʻrnak boʻlib yashamoq demakdir!" — degan edi mualliming, faylasuflarning hik-matini bayon qilib. I. Rahim, Chin muhabbat. Harakatda barakat —
- koʻp qadim hikmat.. — M. Shayxzoda.
- Bu oynada qanday hikmatni koʻrding? Jonim bolam, sening holing na boʻldi? — "Bahrom va Gulandom".
- Oldingga kelgan yigit ketol-maydi, cu3jiapda biror hikmat bor ekan-da. — "Oq olma — qizil olma".
- Bektemir general-larni urushning butun hikmatini biladi-gan bagʻoyat hurmatli aziz odamlar deb tu-shunardi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Bulbul sayraydi, xoʻroz qichqiradi, eshak hangraydi, ot kishnaydi. Bularning tirikchiligi shu-da. Bunda nima hikmat bor deysiz? — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Rahmat Otabekka kulumsirab qaradi-da, togʻasiga javob berdi. -Xotin koʻpaytirib, ular orasida azob-lanishning nima hikmati boʻlsin ? — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Toʻgʻri, sholikorlikda hik-mat koʻp boʻladi. Sh. Gʻulomov, Tashabbus.
- Qurib ketmang! Qoʻchqor yogʻi yeb, endi bir hikmat koʻrsatmoqchimidshshr! — M. Boboyev — Goʻzallik istab.
- Qori, xuddi fav-qulodda bir hikmat eshitganday, ogʻzini va koʻzlarini katta ochib, Toʻpanisoga qaradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yosh xotin qari erkakni yashartiradi, degan gaplar bor; qariganda uylanadigan erkaklar ana shu hikmatga amal qilar emish.. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- -Ha, hikmat kesakdan alanga chiqargandek, siz ham kitobdan olgan bilimlaringizni turmush maktabida sinov-dan oʻtkazing, — dedi qiz. Sh. Gʻulomov, Yor-qin ufqlar.
- Madrasa — diniy maktab. Lekin riyoziyot, ilmi hikmat, han-dasa, kimyo degan darslar ham oʻtiladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Etymology
— bilimdonlik, do-nishmandlik; hikmatli soʻz, maqol; tibbi-yot ilmi, shifokorlik
Source: Wiktionary
Views: 0