Explanatory dictionary
hovli
ҳовли
Meanings
- Biror oila, xoʻjalik, tash-kilot va shu kabilarga tegishli joyning imorat qurilmagan, odatda, atrofi oʻralgan qismi.
- Biror oila, xonadon yashaydigan uy (shu uyga qarashli sahn va yer maydoni bilan birga); hovli-joy, uy-joy.
- Dala hovli, dalahovli Shaharliklar-ning yozda dam olish uchun shahardan chetda joylashgan hovlisi.
- Xonadon, oila.
- hovli-joy ayn. hovli 2.
Examples
- Qoʻshnining hovlisi. Maktab hovlisi. Hov-liga suv sepmoq. Hovliga gul ekmoq. n
- Toʻy-ga kelganlarning bari shovqin-suron bilan oxiri hovlidagi stollarga bir-bir joyla-shiboʻtirishdi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- Chap sohilda esa, qadimiy chinor tagida choyxona, uning hovlisida billurdek tiniq chashmalar qaynab yotadi. — Gazetadan.
- Shu lahza karvon-saroy hovlisida oʻzining saman yoʻrgʻa bay-talida Hoji tabib paydo boʻldi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Hovli sotib olmoq. Hovlidan koʻchib ketmoq. Hovli toʻyi. Hovli olma, qoʻshni ol. — Maqol. m
- Qishoq koʻchalari jimjit, faqat hovlilarda ni-madandir bezovta boʻlib itlar hurishadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Dala hovlining oldi-dan katta soy oqiboʻtadi. — Gazetadan. Ichki (yoki ichkari) hovli ayn. ichkari 2.
- Boybuva ichkari hovlidan hassasini toʻqillatib chi-qib keldi. — "Ertaklar".
- Mirzo Anvar uch-toʻrt kundan beri mening hovlimda qoʻnib yurar edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Ahmadjon "urushga kirib ketdim", deganicha ikki oy xat qilmagani uchun hovlidagilar ne-ne xayollarga borishgan edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Oradan koʻp oʻtmay Meʼmorning hovli-joylarini sotib, shahardan chiqib ketganini eshitdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- -Pulni behuda sarfla-mang, mulla, uch-toʻrtta gilam, bir-ikki-ta sigir olib qoʻying, hovli-joy qiling. Yolgʻiz beda naga ham don kerak, ham suv, — dedi Olaxoʻja. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Source: Wiktionary
Views: 0