Explanatory dictionary
hujjat
ҳужжат
Meanings
- [a. — dalil, isbot; sa
- bab, bahona] 1 Kimsaning kimligini (shax-siyatini), mashgʻulotini, biror tashkilot-ga aʼzoligini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport, guvohnoma, talabalik bileti, aʼzo-lik bileti va sh. k.).
- Biror ish-faoliyat yoki narsaga haq-huquq va shu kabilarni koʻrsatuvchi, tasdikdovchi ish qogʻozi.
- Ilmiy, ijtimoiy yoki tarixiy aha-miyatga ega boʻlgan yozuvlar, suratlar, asar yoki adabiyotlar.
Examples
- Erkak kishi ichkariga kirdi va soat choʻntagidan hujjatini olib koʻrsatdi. Oʻ. — Umarbekov — Yoz yomgʻiri.
- Muhid-dinning oʻrta maktabni kumush medal bilan tamomlagani, agronomiya maktabida oʻqi-gani haqidagi hujjatlarni koʻzdan kechi-rib, bir chekkaga suribqoʻydi. — R. Fayziy — Choʻl-ga bahor keldi.
- Inspektor hujjatlarimni sinchiklab tekshirdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Ertalab borib, joʻnash uchun ke-rakli hujjatlarni oldi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Qumqishloqqa ishga borasiz. Men hujjat yozib beraman. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Xoʻjabekov — rais, Saidgʻozi — uning qoʻl ostida yurgan kichik bir odam., barcha hujjatlarda Xoʻjabekovning qoʻli. — S. Anorboyev — Oqsoy. Ular savdo-sotiq huj-jatini rasmiylashtirgach, haqiqiy ziyofat boisxanib ketdi. K. Yashin, Hamza.
- Urxun-Yenisey yozuvlari eng qimmatli tarixiy hujjatlardir. n
- Umid keliboq.. professorning maqolasini yozishga kirishib ketdi. Kitoblar titdi, gazeta-larda bosilgan hujjatlarni oʻqib chiqdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Hozir shahrimizda ana shu muhim hujjat katta qiziqish bilan muhokama etilmoqda. — Gazetadan.
Source: Wiktionary
Views: 0