Explanatory dictionary
ibora
ибора
Meanings
- Biror tushuncha yoki fikr ifodalovchi, odatda, soʻzlarning turgʻun birikmasi (soʻz birikmasi yoki gapga teng jumla); taʼbir.
- Turgʻun ibora Bevosita nutq jarayonida hosil boʻlmaydigan, tilda bir butun holda mavjud boʻlib, shundayligicha nutqqa kiritiladigan soʻz birikmasi yoki gapga teng jumla. Frazeologik ibora Turgʻun iboralarning koʻchma maʼnoli, obrazli turi. Oyogʻini qoʻliga olmoq (juda tez yugurmoq), ammamning buzogʻi (lalayganoʻ, ilonning yogʻini yalagan (oʻta ayyor) va sh.k.
Examples
- Obrazli ibora. m
- Chernitsov „vaqtincha tantana“, „vaqtincha chekinish“, „qayta hujumga oʻtish“ degan iboralarni qiynalib aytdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Ular Suqrotning „Avval oʻzingni angla, shunda dunyoni anglaysan“ degan mashhur iborasini oʻzla-iga dasturilamal qilib olishgan. — Sirli olam.
Etymology
arabcha — soʻz, soʻz birikmasi
Source: Wiktionary
Views: 0