Explanatory dictionary
ich
ич
Meanings
- Ichki boʻshliq; zid. tash.
- Narsalarning buyum eltadigan qismi; zid. sirt.
- Narsaning ichki qismi, orasi.
- Oshqozon, qorin, meʼda.
- Kishining ichki, ruhiy dunyo-si; koʻngil, yurak, dil, qalb.
- Egalik va makon kelishiklari shak-lida (ichiga, ichida, ichidan) koʻm. vazifasida.
- Ichi achimoq (yoki kuymoq) Xafa boʻlmoq; achinib kuymoq.
- Koʻnglidagini aytib, ruhan yengillanib olmoq.
Examples
- Chodirning ichi. Ogʻizning ichi. yash Oftob bilan toʻlgan keng derazali uyning ichi oydin. — S. Ayniy — Qullar.
- Ariqning ichi. Qopning ichi. Bosh yorilsa, boʻrk ichida. — Maqol.
- shsh Sumkasini tit-kilab, ichidan ikki-uch xil dori oldi, ularni usta Bahromga berib, qachon, qanday ichishni tayinladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Non-ning ichi. Xamirning ichi. Tarvuzning ichi. Ichi qurtlagan olma. Qopdagi bugʻdoyning ichi.
- Koʻzing ogʻri-sa — qoʻlingni tiy, iching ogʻrisa — naf-singni tiy. — Maqol. m
- Jonfigʻon byulleten olgani doktorning oldiga chilimning suvini ichib, lohas boʻlib kirgan ekan, doktor ichi-ni chayqabdi. — A. Qahhor — Jonfigʻon.
- Ota ichidan oʻtganini oʻzi biladi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- -Toʻgʻri, Oʻktam menga yoqadi. Biroq hammadan burun odamning ichi kerak, — dedi Komila. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Elmurod uning harakatlariga beixtiyor razm solib oʻtirdi. Nazarida, soqoli xiyla oqarib qol-gan bu odamning vajohati zaharli, ichini qandaydir alam oʻrtagan koʻrindi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Haf-ta ichida. Uy ichidan gʻalati ovoz eshitildi.
- Elchiyevning, qiziga ichi achir-di. — E. Aʼzamov — Javob.
- Yon-verida ularning munozarasini choʻchibroq kuzatib turgan deh-qonlarning yuzida Avazga xayrixohlik koʻrib, ichi kuydi, battar gʻijindi. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik. Ichi pishmoq (yoki qizimoq) 1) zerik-moq.
- Uyda oʻtiraverib, ichim pishdi; — 2) to-qati toq boʻlmoq.
- Baʼzi birovlar ichi pishib, goh yoʻlga qarashadi, goh toqqa chiqib qili-nadigan ishlarni oʻzlaricha choʻtlashadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Ich-ichidan Yurak-dan, qalbdan, chin dildan.
- Ich-ichidan sevin-moq. Ich-ichidan tahsin oʻqimoq. vt Ularni kuzatib oʻtirgan Sunbulxon aya ich-ichidan quvonardi. — Mirmuhsin — Umid.
- Asror esa ich-ichidan gʻijinib, asabiylashardi. — "Yoshlik". Ichi qora Dili buzuq, birovning baxt-quvonchini koʻrolmaydigan; hasadgoʻy.
- Yaxshi, oʻsha Homidni sen qanday odam, deb oʻylay-san? [deb soʻradi Yusufbek hoji]. -Qoʻlansa soʻzli, ichi qoraroq bir yigit edi, — dedi Hasanali. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Ich(i) ga yutmoq Oshkor etmaslik, oʻzida saqlamoq (ran, soʻz va shu kabilarni).
- Azizim, ey jafokash xalq, bardoshingga ming tahsin, Chiqarmay ichga yutding, koʻzdagi yoshingga ming tahsin. — Voqif. Ichidan pishgan Sirini hech kimga bildirmaydigan, oʻz kshiga pishiq; quv.
- Uning harakati va tovlanishidan ichidan pishgan, uddaburo ekani darrov sezildi. — Shuxrat — Shinelli yillar. Ichini boʻshatmoq
- Uning gapirmaganiga Juman alamda qoldi.. Achchiq haqiqatni yuziga solib, roʻy-rost soʻka qolmaydimi ? Qizigʻida Juman ham ichini boʻshatib olardi. A. — Muxtor — Tugʻilish. Ichini mushuk (yoki it) tatalamoq (yoki tir-namoq) Ruhan bezovtalanmoq; koʻngli no-tinch, gʻash, bezovta boʻlmoq.
- Bu payt Saidgʻ-ozida ham Xoʻjabekovga achingudek hol qol-magandi: ichini mushuk tatalardi. Ammo sirini boy bermadi. — S. Anorboyev — Oqsoy. Uy ichi Oila aʼzolari; oila, xonadon.
- Uy ichin-giz omonlik, bir gap boʻlsa, Oʻtar bobom xabar berar ekan. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qancha mehnat, qancha mashaqqat! Yolgʻiz oʻzi emas, butun uy ichi bilan ishlagan, albatta. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0