Explanatory dictionary
iltijo
илтижо
Meanings
- Xudoga, ilohiy kuchga sigʻinib panoh tilash; umuman, yalinib-yolvorib, oʻtinib soʻrash; oʻtinchli iltimos.
- Iltijo qilmoq Yolvorib (sigʻinib) soʻramoq.
Examples
- Nazru niyozlarini oyogʻi ostiga toʻkib, duo qilishni iltijo bilan soʻradi. — K. Yashin — Hamza.
- Zamiraning bu iltijosi, temir tobutni quchoqlagancha parchin boʻlib yotishi har qanday bemehr odamning ham yuragini ezib yuborardi. — E. Usmonov — Yolqin.
- Axir xudoning rahmi kelar, deb unga iltijo qilishdan toʻxtamadim.. — S. Zunnunova — Gulxan.
- Abdubilol esa, hech kimning gapini eshitmay, duoga qoʻl ochishlarini iltijo qila boshladi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
Etymology
arab. – himoya, panoh soʻrash; yalinish, yolvorish
Source: Wiktionary
Views: 0