Explanatory dictionary
insof
инсоф
Meanings
- — adolat, odillik, begʻarazlik] Adolat va vijdon bilan ish tutish tuygʻusi, ishda, kishilarga munosa-batda halollik, toʻgʻrilik.
- Insof bermoq Insofga keltirmoq, in-sofli qilmoq.
Examples
- Man kuchimni, terimni toʻkay, foydasini soyaparvar boy-lar koʻrsin, man ikki qoʻlimni burnimga ti-qib qolaveray! Qani insof! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..keksa Hosimbekni kamarga joylab, oʻzi [Bobur] koʻpchilik navkarlar qatori yalanglikda, qor boʻroni tagida oʻltir-gani Sultonning insof va diyonat tuygʻusi-niuygʻota boshladi. — "Tafakkur".
- -Moʻmin amakimning gapi rost boʻlsa, [dadam aroqni] "xudo insof ber-gan kuni tashlaydi", — dedi Said. E. Rai-mov, Ajab qishloq.
- ..Yaxshiki, kaltaklama-di. Xudooʻzi insof berdi. — P. Tursun Oʻqituv-chi. Insof bilan aytganda Narsa-hodisa. fikr va shu kabilarning chinligini, haqiqatga mosligini qayd etadi; toʻgʻrisi.
- Insof bilan aytganda, ishlar yomon emas. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- Insof bilan aytganda, Yormat aka, bizga oʻxshash xizmatkorlar-ning shoʻri quridi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Insof kirmoq Insof bilan, insof doirasida ish tutadigan boʻlmoq.
- Xayriyat, insof kirib qopti. — S. Ahmad — Ufq. Insof qilmoq Insof bilan ish tutmoq. -Sakson-ta qovunga-ya? Uch soʻm? —
- dehqon teskari bu-rildi. — Insof qiling, baqqol aka! — Oybek — Tanlangan asarlar. Insofga kelmoq Insof hissi yuzaga kelmoq, insofan ish tu-tishga oʻtmoq.
- Jonfigʻon oxiri insofga kelib, shu bu yil qishda non zavodiga ishga ki-ribdi. — A. Qahhor — Jonfigʻon. Insofdan emas Insof talablariga zidlikni bildiradi.
- Sizning otangiz sarboz emas, meʼmor, kishini qarigan chogʻlarida tashvishga solish insofdan emas. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Etymology
a. *11 ..-l
Source: Wiktionary
Views: 0