Explanatory dictionary
istisno
истисно
Meanings
- Qonun-qoidadan, umumiy tartibdan yoki qatordan, hisobdan tashqari; mustasno.
- Istisno qilmoq (yoki etmoq) Qonun-qoida, tartib, qator va hisobdan holi qilmoq.
Examples
- Umumiy qoidalar hamma vaqt istisnoga yoʻl qoʻyadi.
- Ekskursiyaga hamma boradi, bundan faqat dejurlikka qoldirshʼgan bolalar istisno. — Gazetadan.
- ..sharoit hamisha zarur vaqtlarda oʻz qoidalaridan istisnoga yoʻl qoʻyadi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Darhaqiqat, Yigitalining kollektivi, Shodi Mudarrisovichni istisno etganda, ajoyib kishilardan iborat edi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Oʻzbekistonda (togʻ rayonlarini istisno qilganda) bu yilgi yung juda yaxshi chiqdi. — Gazetadan.
Etymology
arab. — narsalar toʻplamidan birortasini ajratish; mustasno qilish
Source: Wiktionary
Views: 0