Explanatory dictionary
ixlos
ихлос
Meanings
- Qalb samimiyligi va pokligi (chin yurakdan ishonch va muhabbat) bilan berilish;
- Ixlos qilmoq ixlos qoʻymoq.
- Ixlos qoʻymoq Chin yurakdan mehr bogʻlamoq.
- Ixlosi qaytmoq Ishonch bilan berilishi qolmoq (yoʻqolmoq), hafsalasi pir boʻlmoq.
- Al-Ixlos Qurʼonni 112-surasining "samimiy va poklik" maʼnosi bilan nomlanishi
Examples
- Odamlarning sizga ixlosi baland.
- Yosh ishchining qunt va ixlos bilan izlanishi.. oʻz samarasini berdi. — "Saodat".
- Qutidorning javobidan samimiyat va ixlos maʼnolari tomib turar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..sen ixlos qilgan domlalar ham men baxtsizga yordam bermaganlaridan keyin, diyonatdan ham koʻnglim qoldi. — A. Qodiriy — Kichik asarlar.
- Boboqul otani buzoqning haqi bor, deb sut ichmaydigan avliyo sanab, ixlos qoʻygan edi-yu! Sherbek xafa boʻldi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Xoʻjabekov bilan kasalxonada toʻqnashgan kuni bu koʻzlarda qoʻrqoqlikni koʻrib, Akramdan ixlosi qaytdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
Etymology
arab. – samimiylik, koʻngli ochiqlik; berilganlik, muxlislik; eʼtiqod
Source: Wiktionary
Views: 0