Explanatory dictionary
jin
жин
Meanings
- Sharq mifologiyasida va diniy tasavvurlarga koʻra: pastqam joylarda kishi koʻziga odam timsolida koʻrinib, goʻyo uni biror dard-illatga chalintirib (maye. ogʻzi-ni qiyshaytirib) ketadigan afsonaviy maxluq.
- Kishining tabiati, taʼb.
- Jin koʻcha Pastqam tor koʻcha.
Examples
- -Endi bu yerda ilgarigiday boyoʻgʻli sayramaydi. Hech kimning koʻziga jin ham koʻrinmaydi, — dedi Yusvali togʻa. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Bukri domla Maynani jin-mi, parimi deboʻyladi shekilli, turgan joyidan siljimay, allaqanday duoni pichirladi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi.
- Shuna-qangi gaplarni jinim suymaydi. sht Bepar-vo, boʻshanglik mardga emas ep, Bunday odam-larni yoqtirmas jinim. — J. Jabborov.
- Sat-torqul akang uyni tuzattirib bermoqchi. Mayli, oʻshanda deraza ham qursin, oqlatsin ham, tokcha jiniga yoqmasa, suvatib tashlay qolsin. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Xivaning jin koʻchalari huvillab yotibdi. — S. Siyoyev — Avaz. Jin tegmoq Kayfiyati buzilmoq.
- Narigi xonadan opasining uf tortgani eshitildi: -Nima jin tegdi unga? -Opa, qoʻrqyapman,— dedi Charos ovozi titrab. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Jin urmaydi Hech narsa qilmaydi, taʼsir qilmaydi.
- -Xotiningizga jin ham urmaydi, avval xashak jamgʻarish topshirigʻini bajaring! — dedi sovxoz direktora Saidmurod aka. — N. Qobil — Bemor-lar. Jin ursin qargʻ. Baloga uchrasin; xudo ursin.
- Senlarning gaplaring qiziq boʻldi-ku, jin ursin seni! — S. Karomatov — Oltin qum. Jin chiroq q. jinchiroq. Jini tutmoq Taʼ-biga, koʻngliga yoqmagan ish yoki gapdan jah-li chiqmoq; jigʻibiyron boʻlmoq.
- Birpasda dadamning jini tutdi. — E. Raimov — Ajab qishloq. Jini qoʻzimoq (yoki qoʻzgʻamoq) ayn. jini tutmoq. [
- Zargarov Nasibaga zehn solib:] Hm.. Formada olib bora koʻrma, formani koʻrib, ZAGSmudirining jini qoʻzgʻamasin tagʻin. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar. Jiniga tegmoq yoki jinini qoʻzgʻatmoq Tabiatiga toʻgʻri kelmay-digan ish, harakat yoki ran bilan jagushni chiqarmoq; asabini qoʻzgʻatmoq.
- Jinimga teg-magan sen bormiding? — Jinidan battar yomon koʻrmoq Qattiq yomon koʻrmoq.
- Domla bozor qilishni, magazinga borishni jinidan battar yomon koʻrar edi. — A. Qahhor — Toʻyda aza. Seni (yoki senga) nima jin urdi? Senga nima boʻldi? Esingni yedingmi? Aqldan ozding-mi? [
- Qozi Mulladoʻstga:] Senga nima jin urdi ? — [
- Mulladoʻst:] Sizni urgan jin! Jim turing, bu kun ham ozlik qilmasin! — Hamza — Maysaraning ishi.
Source: Wiktionary
Views: 0