Explanatory dictionary
jinni
жинни
Meanings
- Aqldan ozgan, ruhiy kasallikka yoʻliqqan; telba, savdoyi.
- Xayoliga kelgan ahmoqona ishlar, yarashmagan qiliqlar qiladigan kishi; ahmoq, nodon.
- Oʻzini yaqin olib, erkalatib gapir-ganda yoki hazil tariqasida "devona", "ten-tak" kabi maʼnolarda ishlatiladi.
- Jinni shamol Goh u tomondan, goh bu tomondan esadigan shamol, uyurma shamol. Jinni qilmoq Es-hushidan ayirmoq.
Examples
- Oʻsha qoʻshnining qizi shu yongʻoq tagi-da koʻp oʻtirib, jinni boʻlib qoldi. — S. Zun-nunova — Gulxan.
- Qurvonbibi jinni boʻlib, paranjisiz va yirtiq kiyimlar bilan eshon-nikiga kelgan vaqtida, uni zanjirga bogʻ-laydigan odamham topilmadi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
- Maslahatingiz uchun rahmat, rais. Men boʻlsam, jinni boʻlib, sizga maqta-nibman. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Jinni boʻlibsan, Tohir! Hamma urushdan qochsa, sen bu ajdahoning komiga oʻz ixtiyoring bila bor-moqchisan! — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Devona sevikli qovogʻini soʻrida koʻrib quvona ketdi: -Voy, jinnilar.. qovogʻimni ber, jinnilar! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Zubay-da\ Nozu ado bilan dutor chertib qoʻshiq ayt-ganda, eshitganni jinni qilarmish. — K'. Yashin — Hamza. Jinni qoʻyning kallasini yedingmi? Esingni yedingmi? Jinni boʻldingmi? Jinnisini chiqarmoq 1) kalaka qilmoq.
- Qor-boʻron qilib, uning jinnisini chiqarishdi; — 2) rasvosini chiqarmoq — dabdala qilmoq.
- Bo-lalar qoʻgʻirchoqning jinnisini chiqaribdi. — Latta jinnisi Turli xil latga-putta — gaz-mollarga oʻch, ishqivoz.
- -Latta jinnisi! — deb baqirdi Boʻtaboy butun alamini xoti-nidan olmoqchi boʻlib, — lattaning uchini koʻrsatsa, oʻzingni tomdan tashlaysan. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Etymology
\a. JL*. — jin, ruh
Source: Wiktionary
Views: 0