Explanatory dictionary
kasofat
касофат
Meanings
- . Yomon oqibatga olib boradigan, baxtsizlik (ziyon, zahmat) keltiradigan.
- . Yomon oqibat, yomon, noxush taʼsir.
- . Shunday belgi, taʼsirga ega boʻlgan shaxs yoki narsaga nisbatan koʻllanadi; shaxs yoki narsani shunday belgi bilan qayd etadi.
- Kasofatiga qolmoq Oʻzganing yomon taʼsiri bilan noxush oqibat (holat)ga duchor boʻlmoq.
Examples
- Kasofat ish.
- Shira koʻp kasofat narsa, gʻoʻzaning yosh barglariga yopishdimi — uni bujmaytirib qoʻyadi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoklar.
- Kayfim bor edi, hammasiga kasofat araq sababchi.. — Gazetadan.
- Yaxshining — sharofati, yomonning — kasofati. — Maqol. —
- Ochlik kasofatidan ona-bola dunyodan ketdi. — S. Ismoilzoda — Temur.
- Mana shunday xilofi sharʼiy ishlaringizning kasofatidan bunday kunlarga tushdingiz.. — S. Ayniy — Qullar.
- Yoʻqol, deyman, yoʻqol, nahs! Yoʻqol koʻzimdan, kasofat! — S. Zunnunova — Olov.
- Buning ustiga noʻxtasi ham yoʻq edi kasofatning [novvosning]. — S. Nurov — Narvoy.
- Sen zamonni tushunasanmi, oʻylab qara, agar shu xom qovoqda miyang boʻlsa, yigʻlama, kasofat. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bu orada qizim shoʻrlik uning kasofatiga qoldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Etymology
arab. – quyuqlik, zichlik; dagʻallik, gʻalizlik; befahmlik
Source: Wiktionary
Views: 0