Explanatory dictionary
katak
катак
Meanings
- Parranda yoki ayrim (asosan mayda) jonivorlar turishi uchun maxsus ishlangan qurilma; xona, uycha. Dilfuza ayvondan sakrab tushdi-da, tovuq katagi yonidagi nimqorongʻi oshxonaga kirib, tokcha-dagi uzun shishani topdi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Bir sath (yuza)dagi kichik-kichik boʻlma-lar, uyalar, teshiklarning biri. Ari uyasi-ning katagi. shyo U vestibyulga kirib, rang-barang eʼlonlar osigʻliq doska yonidan oʻtayot-ganda, chata, ari uyasiday sertokcha pochta katagiga qaradi. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Narsa yuzasiga ishlangan, tushiril-gan toʻrtburchak; shunday toʻrtburchaklarning biri. Shaxmat katagi. yash Azimov qora far-zinni qoʻlida bir oz ushlab turib, shaxmat-ning oq katagiga taqillatiburdi-da, "shax" dedi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Yuzasida shunday kataklar boʻlgan; ka-takli.
- Burun katagi Burunning tashqi teshik-laridan har biri.
Examples
- Boʻron oʻzi topshirgan ki-yik bolasini sim kataklardan qidira ket-di. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Katak daftar. yat Haqiqatan ham xat katak daftarning bir varagʻiga yozilgan boʻlib, ikkala betida ham ochiq joy yoʻq edi. — I. Ra-him — Chin muhabbat.
- Boshiga Poʻlatjon sovgʻa qilib keltirgan koʻk katak roʻmolchani yosh juvonlarday ixcham tangʻigan holda ayvon yaqiniga keldi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqdar.
- [Shokir otaning] Qayri-lib tushgan, kataklari keng, besoʻnaqay qay-roq burni uchida ter tomchilari yaltirar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0