Explanatory dictionary
kichik
кичик
Meanings
- Tuzilish, hajm, oʻlcham jihatdan nisbatan katta boʻlmagan.
- Sigʻimi, sath oʻlchami katta boʻlmagan; tor.
- Yoshi oʻrta darajadan past, oʻrta darajaga yetmagan; keksaning aksi, yosh.
- Nisbatan yoshi past (kam) boʻlgan.
- Vazifa, lavozim darajasi past, quyi.
- Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan amal, kasb va shu kabilarning quyi, past, boshlangʻich darajasini bildiradi.
- Ahamiyat, mohiyat jihatdan katta boʻlmagan; arzimas, muhim boʻlmagan.
Examples
- Kichik oʻrmon.
- Kichik shahar.
- Kichik bino.
- Kichik tosh.
- Kichik arava.
- Kichik xoʻjalik.
- Kichik gavda.
- [Otabek] Ayvonning narigi yoni bilan.. bir boqchagami, maydongami chiqilishini bilib, shu yoqqa yurdi va kichikroq bir mevazorga chiqdi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Qumda talanib, bor-yoʻgʻidan ajralgan kichik karvon sochilgan narsalarni yigʻib, otlarni egarlab, aravalarga qoʻshishga hozirlik koʻrdi. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas. Anavi kichik jangchicha ham yoʻqmanmi? — Shuhrat — Shinelli yillar
- Kichik hovli.
- Toʻn unga kichik keldi.
- Aksar shahar uylaridek, usta Bahromniki ham ikki xona, bir ayvondan va kichik sahndan iborat, tashqisiz eshik edi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Kichiklarga muruvvat qil, kattalarni hurmat qil. — Maqol
- Bir kattaning gapiga kir, bir - kichikning. — Maqol
- Kichik oʻgʻil.
- Kichik amaki.
- Ikki yosh kichik.
- Oʻzidan kichik doʻsti.
- Bolalardan kichikroqlari chopqillashib, Saodatxondan oʻzib ketishdi. — Saida Zunnunova — Yangi direktor
- Sidiqjon unga murojaat qilganida, oʻzidan kichik boʻlsa ham, "Ziyodaxon ona" der edi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Men oʻn bir yil shu idorada kichik bir lavozimda ishladim. — "Guldasta"
- Buxoroda ustoz Najmiddin Buxoriy kabi katta meʼmor boʻlmasa ham, kichiklari bor. — Mirmuhsin — Meʼmor
- Kichik ilmiy xodim,
- Yaxshi yigitlar - armiyaning husni. Kuzga borib, bularni kichik komandir qilib chiqaramiz-a? — Shuxrat — Shinelli yillar
- Kichik bir master boʻlib chiqardi otin.. — Gʻayratiy
- Kichik xato.
- Kichik bir mulohaza.
- Hanifa.. oʻz zvenosining kichik bir muvaffaqiyati shunday katta majlisda ogʻizga tushadigan bir voqeaga aylanib ketishini sira kutmagani uchun.. qattiq xijolat tortdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariKatta boshini kichik qilib - oʻzini past olib, kamtar tutib, kamtarlik bilan (oʻz martabasi, mavqei holatiga nisbatan olinadi).
- Rais ham katta boshini kichik qilib, koʻpchilikning oldida: -Gapirgan adashadi, yurgan qoqiladi, - dedi. — S. Nurov — Narvon
- Sorokinning polkidagi gʻalayonlarni yashirish uchun Vladimir Yakovlevich katta boshini kichik qilib, praporshikni oʻz himoyasiga olishga majbur boʻldi. — Asqad Muxtor — ChinorKichik tortmoq - kichik holga kelmoq; kichiklashmoq (gavda, tana haqida).
- Bir vaqtlardagi gavdali pahlavon Krbil endi kichik tortib ketgan, kesakrang yuzini, nursiz koʻzlarini hadeb eldan yashirar edi. — Hamid Gʻulom — Mashʼal
Etymology
f. JLa. — kichik, mayda; uncha katta boʻlmagan
Source: Wiktionary
Views: 0