Explanatory dictionary
kishan
кишан
Meanings
- Otning ikki oldingi oyogʻiga (erkin yurishga imkon bermaslik uchun) solinadigan boʻgʻov, zanjir.
- Oyoq, qoʻl, boʻyinga solib, qulflab, band qilib qoʻyiladigan, temir halqalar-dan ishlangan maxsus moslama.
- Umuman, erkin harakatga yoʻl qoʻymaydigan narsa, toʻsiq, gʻov.
- Kishan(ga) solmoq (yoki urmoq) Kishan-li holatga solmoq, kishanband qilmoq; kishanlamoq. Zulmga qarshi soʻzlagani uchun, dehqonlarga yer talab qilgani uchun u ni ki-shanga solishdi. Oybek, Nur qidirib.
Examples
- Nabi Far-hodning qoʻl-oyogʻiga bogʻlangan oddiy kishanni ochdi va boʻgʻovli kishanlardan birini olib, uning buti va boʻyniga urdi. — S. Ayniy — Qul-lar.
- Soldat kalitni berdi. Boyagi erkak mah-buslarning qoʻllaridagi kishanlarni ochdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ammo So-hib qori bilan Bozorovlar unga kishan boʻlma-salar bas edi! — I. Rahim — Chin muhabbat.
- U vaqtda ot, sigir.. tushunmaslik oyogʻimga kishan boʻlgan ekan. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Zebu ziynat, oʻyin-kulgiga oʻrgan-gan xotin uchun bola oyoqning kishani boʻlib tuyulardi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Bir necha soldat kelib, mahbuslarni ushladi. Yaso-vul hammasining qoʻliga kishan urdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Source: Wiktionary
Views: 0