Explanatory dictionary
kiymoq
киймоқ
Meanings
- Kiyim bilan badanni yoki biror aʼzosini yopmoq; kiyiladigan narsa (kiyim) ni tanaga, tanadagi aʼzoga yopmoq, qoʻymoq, ilmoq.
- etn. Hadya kiyimi olmoq.
- Oʻranmoq, qoplanmoq, burkan-moq (oʻt-oʻlan, gul va sh. k bilan).
- Toʻnini teskari kiymoq q. toʻn.
Examples
- Koʻshak kiymoq. Doʻppi kiy-moq. Etik kiymoq. Palto kiymoq. Niqob kiymoq. Koʻlqop kiymoq. n
- Qiz tugunini qoʻltiqlab, hovliga tushdi. Kavushini kiyma-di. Yalang oyoq "ship-ship" yurib ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Gʻulomjon apil-ta-pil kiyimlarini kiydi, oyoqlariga kovuiia-rini ildi.. sharpasiz qadamlar bilan darcha oldiga keldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Sharmsizdir yuzlari, Oshga toʻymas koʻzlari, Toʻyga borib, toʻn kiymoq Hamon fikru soʻzlari. — Hamza.
- Bahorning dastlabki kunlari: qishloq yashil libos kiygan. — N. Safarov — Xadicha Ahrorova.
- Dunyoni gullarning xushboʻy hidi tutadi, gulshanu bogʻlar qizil sarpo kiyadilar. — Gazetadan.
- Otabek-ning alanglab javob berishi Zaynabning bo-yagi daʼvosini chinga chiqargandek boʻlib, Kumush juda ham toʻnini teskari kiydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Source: Wiktionary
Views: 0