ball.uz
Back to dictionary

Explanatory dictionary

kristall

кристалл

Meanings

  1. Zarracha (atom, ion yoki molekula)lari muayyan davriy takrorlanuvchi tar-tibda joylashib, fazoviy kristalik panjara hosil qiluvchi qattiqjism. Muzkris-tallari. Tuz krista.iari. n
  2. Kristallar (yunon. kryetallos - muz, tog' billuri demakdir) - kristall holatning asosiy tashqi belgilari - moddaning aniq muayyan haroratda suyuq holatga o'tishi va tashqi muayyan geometrik shaklga ega bo'lishidir. Undan tashqari, kristallning xossalari (masalan, issiq o'tkazuvchanligi) hamma yo'na-lishda ham bir xil bo'lavermaydi. Kristall moddalarda zarrachalar ma'lum tartib bilan joylashgan bo'ladi va fazoviy kristall panjarani hosil qiladi. Fazoviy kristall panjaraning ko'p marta takrorlanib, jismning butun hajmini hosil qiladigan qismi elementar yacheyka deyiladi. Kristall panjaralar zarracha-larning fazoda joylashish xarakteri va zarrachalar o'zaro ta'sir turiga qarab molekular, atomli, ionli va metall kristall panjaralarga bo'linadi. Molekular kristall panjarali moddalarga kristall panjara tugunlarida neytral molekulalar bo'ladi. Azot, vodorod, kislorod kabi gazlar past haroratda qattiq holatga o'tganida molekular kristall panjara hosil qiladi. Oson suyuqlanadigan ko'pchi-lik organikaviy moddalar kristallari ham molekular panjarali bo'ladi. Ionli kristall panjara ionlardan tarkib topgan bo'ladi. Masalan, natriy xlorid (osh tuzi) kristall panjarasi bunga misol bo'ladi. Atomli kristall panjara hosil qilgan moddalarda panjara o'zaro puxta kovalent bog'lanish bilan bogiangan elektrneytral atomlardan tarkib topgan bo'ladi. Masalan, olmos, grafit, kremniy va boshqalarning kristall panjarasi atomli panjaradir. Metall kristall panjarada musbat ionlar tebranib turadi: musbat ionlar orasida erkin elektronlar barcha yo'nalishlarda harakatda bo'ladi. Metallarning elektr, issiqlik o'tkazuvchanligi, magnit xossalari va metallar uchun xos boshqa xususiyatlar ana shu erkin elektronlar tufaylidir.

Examples

Etymology

yun. kristallos — togʻ billuri; muz

Source: Wiktionary

Views: 0

View spelling in spelling dictionary