Explanatory dictionary
kulgi
кулги
Meanings
- Xursandlik, vaqtichogʻlik va zavqdanishni ifodalovchi, boʻlinib-boʻlinib chiqadigan tovushlar, ovozlar.
- Mazax yoki kalaka qilinadigan narsa; kalaka, mazax ifodasi; masxara.
Examples
- Sami-miy kulgi. Zalda kulgi koʻtarildi.
- Sidiqjon kimningdir qattiq kulgisidan uygʻonib ketdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qogʻozi koʻchgan devorlar, toza boʻlsa ham, eskirib ketgan darparda, sargʻaygan choygumni koʻrib, qanoat hosil qildi, shekilli, yana koʻzlarida kulgi oʻynadi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Bu oʻrinsiz ishdan Oftob oyim achchiqlandi: — Manim holim senga kulgimi, qizim? — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- „Birontasini chaqirsam, keyin, albatta, masxara qilishadi, kulgi, mazax uchun ularga bahona topiladi“, deb oʻyladi Gulnor. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0