Explanatory dictionary
kungay
кунгай
Meanings
- Quyoshga qaragan, quyosh tik tushadigan. Ushbu soʻz janub ma’nosida ham ishlatiladi.
Examples
- Koʻchalarning kungay tomonida loy qurib, havasga yuradigan, yumshoq qayroqday yiltiroq soʻqmoq yoʻl tushdi. — A Muxtor — Opa-singillar.
- -Har qanaqa togʻning kungay yeri terskay yogʻidan shunaqa past boʻladi, — dedi Ashmbuva. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Bo‘stonliqning kungay tomonida Oqtosh deb nomlangan so‘lim go‘sha bor. — Asad Asil — Yaxshidan bog‘ qolur (2000)
- So‘ng kungay tarafdagi qiyalama sari yo‘rtib ketdi. — yoshlikjurnali.uz — Oqtirnoq (hikoya)
- Tagsaroyning kungay beti qari lalmi (el shunday ataydi), qiblasi suvot – tayoq suqsang barg yozadi. — yoshlikjurnali.uz — Nurilla Chori. Tashvishi yo‘q odamlar (hikoya)
- Yer hali yaxshi qurimagan, devorlarning kungay etaklari sergib qolgan boʻlsa ham, oʻradagi arava izi pilchillab yotar, bultur kallaklangan tollaming silliq novdalari hushtak yasasa boʻladigan darajada sargʻimtil rangga kirib suv yigʻib qolgan. — Oʻ. Hoshimov —
Source: Wiktionary
Views: 0