Explanatory dictionary
madaniyat
маданият
Meanings
- . Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida qoʻlga kiritgan yutuqlari majmui.
- . Biror ijtimoiy guruh, sinf yoki xalqning maʼlum davrda qoʻlga kiritgan shunday yutuqlari darajasi.
- . Oʻqimishlilik, taʼlim-tarbiya kurganlik, ziyolilik, maʼrifat.
- . Madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit.
- . (Oʻsimlik yoki ekinning turlarini) yetkazish, oʻstirish, yetishtirish.
Examples
- Bugungi Toshkent — yirik sanoat, fan va madaniyat markazlaridan biri. — "Saodat".
- Alifbo — inson hayotining, inson kamolining eng buyuk ijodiyoti; jahon madaniyati, butun ilm, oʻlmas badiiy, falsafiy, axloqiy.. boyliklar shu harflarga asoslangan. — K. Yashin — Hamza.
- Musiqa madaniyati. Nutq madaniyati. Har ikki yilda oʻtkazilayotgan bu kinoforum unda qatnashayotgan mamlakatlar kino madaniyatida katta voqea boʻlayotir. — Gazetadan..
- Islom madaniyatini rivojlantirishga katta Hissa qoʻshgan muhtaram zotlarning nomlari butun olamga mashhur. — K. Yashin — Hamza
- Madaniyatdan orqada qolmoq. Madaniyatga erishmoq.
- Odamlarning xulq-atvori, madaniyati ana shu boyliklarga, xususan, nota boʻlgan munosabati bilan oʻlchanadi. — Gazetadan.
- Tarbiyachi soʻz bilan taʼsir qilish madaniyatini egallashi zarur. — "Fan va turmush".
- Deputatning xalq farovonligini oshirish, turmush madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlaridan mehnatkashlar mamnun. — Gazetadan.
- Xususan, dehqonchilik madaniyati bobida ilgarilab ketdi ular. — N. Hayitqulov — Yer tafti.
Etymology
a. — sivilizatsiya
Source: Wiktionary
Views: 0