Explanatory dictionary
manyovr
манёвр
Meanings
- harb. Qoʻshin yoki flotning dushmanga zarba berish maqsadi-da eng qulay vaziyatni egallash uchun qila-digan harakati; qoʻshin yoki flotning taktik mashgʻuloti, mashqlari.
- t. y. Stansiyada poyezd ulash uchun parovoz va vagonlarni u yoʻldan bu yoʻlga koʻchi-rish.
- Samolyot, kema va shu kabilarning toʻsiqqa yoki dushmanga chap berish uchun oʻz yoʻnali-shini oʻzgartib qiladigan harakatlari.
Examples
- Manyovr oʻtkazish taktikasi. n
- Faqat yaxshi oʻylanib tuzil-gan manyovr bilangina dushman qarshiligini sindira oldik. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Dalaga yoyilgan traktorlar, temir yoʻl stansiyalarida manyovr qilayotgan parovoz-larday, gurullashibharakat qilmoqda. — S. Ayniy — Qullar.
- Bu-tun batalon samolyotning tepalikni qidi-rayotganini bildi, dushman zenitiga chap be-rib manyovr qilayotganini tushundi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
Etymology
fr. manoeuvre < manu operor — qoʻl bilan ishlayman
Source: Wiktionary
Views: 0