Explanatory dictionary
maqom
мақом
Meanings
- . Musulmon Sharqi musiqasida musiqiy ohang, kuy yoʻli, tartibi, shakli va janri.
- . "Shashmaqom" deb atalgan olti qismdan iborat oʻzbek mumtoz musiqa asarining har bir qismi.
- . Tartib, oʻlchov.
- . Oʻyinda usulga, ritmga mos qoʻl, oyoq, badan va yuz harakati; muqom.
- . Xatti-harakat, usul; yoʻl.
Examples
- Saidiy oʻltirgan yerida mashq maqomiga tebranar edi. — A. Qahhor — Sarob.
- Ashula nihoyatiga yetdi. Lekin bir zumdan keyin yana ayni tovush parvoz qildi. Ammo oʻzga maqomda. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- "Navo" maqomi. Maqomlardan parchalar.
- Sheroziyning qoʻllarida soz, Gurkiraydi maqom kuylari. — E. Rahim.
- Uzun sariq katirini bir maqomda tebratib chiqillayotgan katta devor soati uzib-uzib dangʻillay boshladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Shoʻx yigitlar oʻyinchining maqomiga qiyqiriq bilan javob berardilar. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Usta koʻrmagan shogird har maqomga yoʻrgʻalar. — Maqol.
- Nosirxon toʻra juda munofiq.. igʻvogar odam ekan. Bizga qarshi kurashmoq uchun oʻzini har maqomga soldi. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
Etymology
arab. – joy, oʻrin; tovush-lar qatori, kuy (ohang) tuzilishi
Source: Wiktionary
Views: 0