Explanatory dictionary
mardikor
мардикор
Meanings
- Vaqtincha yoki kundalik yollanib ishlovchi ishchi. Da-lada ishning tigʻiz vaqti oʻtgani uchun mar-dikorlarga bundan bir necha kun ilgari ja-vob berilgan. Oybek, Tanlangan asarlar.
- 1914—1918 yillardagi Birinchi jahon urushi davrida chor hukumati tomo-nidan chekka oʻlkalardan, jumladan, Tur-kistondan front ortidagi, mamlakat ich-karisidagi qora ishlarga safarbar etilgan erkak kishi.
- Mardikor ishi; mardikorlik.
- Shaytonning mardikori Behuda ishlar bilan tinib-tinchimas odam (asosan yosh bolalarga nisbatan qoʻllanadi).
Examples
- 1916 yili rus podshosi mardikor olgan vaqtda Madamin oʻz oyogʻi ostidan oʻziga qarshi koʻtarilgan yovni koʻrdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Siz oqpodshoning davlati soyasida yurt soʻrab, umringiz aysh-ishrat bshshn oʻtyapti. Shunday boʻlgandan keyin, bir tantilik qiling, dod-xoh, avval siz oʻgʻlingizni mardikorga yuboring. — K. Yashin — Hamza.
- ..el boshiga yanada katta muhtojlik tushadi va Abdurasul hamqishlogʻi Yusvali aka bilan mardikorga joʻnaydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Talantu iqtidor degan narsani yuqtirmagan boʻlsa, hadeb shaytonning mardikori boʻlib "ishlab berish"ning ham foydasi yoʻqligini ilova qilishim kerak! — "OʻTA".
Etymology
\f. jLSj^ — tajribali, ishbilarmon odam; xizmatkor
Source: Wiktionary
Views: 0