Explanatory dictionary
marhamat
марҳамат
Meanings
- . Rahm-shafqat yuzasidan koʻrsatiladigan iltifot, himmat, yaxshilik.
- . Taklif yoki rozilik bildiruvchi soʻz.
- . Marhamat (xotin-qizlar ismi).
Examples
- Doʻstlarning marhamati. Marhamat koʻrmoq.
- Agar mening bu xizmatim xon janobining marhamatiga loyiq koʻrilur ekan, — dedi hoji, — menga eng manzur boʻlgan mukofot oʻgʻlimning ozod qilinishidir. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Xon hazratlari, farzandimni, xonumonimni — hammasini marhamatingizga topshirdim. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Cheksam maylimi? -Marhamat!
- [Maysara:] Qani, taqsirim, toʻrga marhamat! — Hamza — Maysaraning ishi.
Etymology
arab. مَرْحَمَة — rahm-shafqat, rahmdillik; achinish; iltifot
Source: Wiktionary
Views: 0