Explanatory dictionary
masala
масала
Meanings
- Muhokama, munozara bilan hal etilishi lozim boʻlgan narsa, ish, vazifa, muammo.
- Bahs, muhokama, munozara va sh. k. mavzui.
- Umuman, biror shaxs yoki narsa bilan bogʻliq boʻlgan, nazar-eʼtiborda turgan ish, ran va sh. k.
- Maʼlum sonlar va tegishli muno-sabatlar asosida nomaʼlum sonlarni topish haqidagi matematik vazifa.
- Diniy mavzudagi tortishuv, munozara yoki vaʼz.
- Masala talashmoq Biror masala yuzasidan bahslashmoq, bahs yuritmoq.
Examples
- Uy-joy masalasi. Iqtiso-diy masala. Hayot-mamot masalasi. Masala-ni hal qilmoq. n
- Qoʻyilgan masala ikki kun davom etgan seminar yigʻilishida atroflicha muhokama qilindi. — N. Safarov — Olovli iz-lar.
- Ikki chol.. oʻzlarini tashvishga solgan muhim masalaga ham javob topmaganlar. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Masala yana xat ustiga oʻtib, Otabek qushbegidan soʻradi: - Qoʻlingizdagi maktub bilan, ehtimol, biz oqlangan chiqarmiz? — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Kampir boʻlsak ham, majlisga masala boʻlib oʻtiribmiz. — A. Muxtor — Opa-singillar. Notiq Oʻrta Osiyoda tub oltin konlari va ularni oʻrganish masa-lalari ustida toʻxtaldi. S. Karomatov, Oltin qum.
- Hozirgina oʻylab turgan joʻnash masalasi ham uning esidan chiqqan.. edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- -Buning masalasi oson, oqsoqol, — dedi Sodiq aminga, uning oʻyga tolib turganini koʻrib. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ertagayoq masalangizni deka-natga qoʻyamiz. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Mexanizator kadrlar tayyorlash masalasi keng yoʻlga qoʻyilgan. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Masalalar toʻplami. m
- Doskaga bir masala va ikkita misol yozilgach, baʼzi bilagʻon bolalarning cheh-rasi yorishib ketdi. — F. Azizxoʻjayev — Yashil chayla.
- Masalani toʻgʻri yechdi-yu, oqqa koʻchira-yotganda, vaqt tugab qoldi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Masala aytishmoq. vt Nima uchun-dir
- [Husayn Boyqaro] shayxulislomdan sha-riatga doir bir masalani soʻradi. — Oybek — Navoiy.
- Bugungi ishchi.. oʻz sohasining bilimdoni boʻlgan injeneru texniklar bilan bahslashishga, masala talashishga qodir. — Gazetadan.
Etymology
a. — soʻroq, savol; muammo; iltimos
Source: Wiktionary
Views: 0