Explanatory dictionary
maza
маза
Meanings
- Narsalarning taʼm-lazzat bilish aʼzolari-ga taʼsir etib, sezgi uygʻotish xususiyati; taʼm, lazzat.
- Qanoat hissi, ruhiy zavq, lazzat, ro-hat.
- Mazali, shirin.
- Qoniqish, rohat hissini bildiradi.
- Maza qilmoq Rohatlanmoq.
Examples
- Nordon maza. Olmaning mazasi. Mazasini totib koʻrmoq. Uzi shirin, toʻqli-gina, mazasi ham totligina (topishmoq: shaftoli).
- Munchalik mazani topa olmaydi,uayquda tamshangan chaqaloqlar ham. — Gʻ. Gʻulom.
- Jarkop, shavla, kichiri — biri-biridan maza. Xolam qoʻli gul toza. — Q. Muhammadiy.
- -Eh, maza, maza!,— deb Popuk sevin-chidan quyonday dikang-dikang sakradi. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Haligi irjaygan odamning koʻngli chopdimi, soʻlakayini oqizdi: -Maz-za! — Mushtum.
- Siz salqin-da, gʻirillagan shabadada koʻk choy ichib, maza qilib oʻtiribsiz! — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o. Mazasi yoʻq 1) taʼmi durust emas, bemaza.
- Ovqatning mazasi yoʻq; — 2) koʻngildagidek emas — qoniqarsiz.
- Bugun boʻlsa, ovning ham mazasi yoʻq.. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Ishiningmazasi yoʻq, uningoʻz fikricha, eplolmayotgan ekan. — A. Muxtor — Chinor.
- Savodiningmazasi yoʻq. — S. Ahmad — Hukm; 3) yaramas, bemaza (shaxs haqida).
- Juda mazasi yoʻq odam; — 4) sogʻligʻi durust emas.
- Bugun ishga borolmabdi, ancha mazasi yoʻq. — Mazasi qochmoq Yomon tomonga oʻzgarmoq(ish — holat, sogʻliq va sh.k. haqida).
- Dalada ishning mazasi qochdi. — S. Ahmad — Hukm.
- Shu kunlarda mani mazam qochib qolganini qarang-a! — S. Nurov — Karvon.
- Yeyish-ichishining mazasi qochgan bu yoʻlovchilarga.. uncha ilti-fot koʻrsatishmadi. — "Yoshlik". Mazasiga tu-shunmoq Biror narsaga oʻrganib, uning ke-tidan quvmoq, odat qilmoq.
- San yuborgan pulning mazasiga tushundimi, boʻldi, hafta-da, oyda pul soʻrayveradi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Mazasini olmoq yoki mazasini qochirmoq Gap-soʻz, xatti-harakat bilan ki-shini mulzam, xijolat qilmoq, noqulay ahvolga solmoq.
- Isamat otaning bu gapi ham, choyxoʻrlarning maʼqullovchi kulgilari ham mulla Berdiyorningmazasini oldi. — "Mushtum".
Etymology
a. — shoʻr, nordon gazak
Source: Wiktionary
Views: 0