Explanatory dictionary
mehr
меҳр
Meanings
- Insonning oʻz tugʻishganlariga, yaqin kishilariga va umuman, odamga, narsaga boʻlgan samimiy muhabbati; yaxshi koʻrish tuygʻusi.
- Shafqat, rahmdillik.
- Mehr qoʻymoq Mehrini bermoq, mehr bogʻlamoq. Men faqat oʻzim chizgan suratga —
Examples
- Onalik mehri. Mehrini qozonmoq. Vatanga boʻlgan mehr va muhabbat. Mehr bilan oʻqimoq. Ishga mehr qoʻymoq. m
- Toʻsatdan yeujudini qamragan onalik mehri gʻolib kelib, tortgan azobi ham esidan chiqdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ikki yor sevgisi ham mehri shunda. Shoirning ilhomi, sheʼri ham shunda. — M. Alaviya.
- Yoshlar oʻrtasida dehqonchilik kas-biga mehr uygʻotishga eʼtiborni kuchaytirish kerak. — Gazetadan.
- Buoʻrik bir vaqtlar Muro-talining otasi tomonidan ekilgan va mehr bilan parvarish qilingan edi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Odamning yuragi-da mehr boʻlishi kerak. Kerakli vaqtda koʻmak-lashish kerak. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- oʻz ijodimga mehr qoʻyganman, xolos! — P. Qodirov — Yulduzli tunlar. Mehri tovlan-moq Mehri qoʻzgʻalmoq, mehri joʻsh urmoq.
- Onasi oʻgʻlini podshoh boʻlmasidan oldingi nomi [Botirjon] bilan atab, mehri tovla-nib gapirgani Boburga juda yoqimli tuyuldi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
Source: Wiktionary
Views: 0