Explanatory dictionary
mukka
мукка
Meanings
- Mukka tushmoq 1) muk tushmoq; Yuz bilan yerga qarab yotmoq yoki boshini tuban boʻlib egmoq. muk.
- Mukkasi bilan tushmoq (yoki yiqilmoq) Yuztuban boʻlib yiqilmoq.
- Mukkasidan ketmoq 1) muk tushmoq muk.
- Mukkasidan tushmoq 1) mukkasi bilan tushmoq mukka; 2) mukka tushmoq 2.
Examples
- Tojiddin Qosim oyoqlariga mukka tushib yalingan, nola qilgan Abduvohidni koʻtarib turgʻizdi. — Oybek — Nur qidirib.
- Yoʻlovchilar shamolni toʻsib turgan qumtepaning orqasiga oʻtib, mukka tushib yotdilar. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Shtab boshligʻi Yoʻldosh stolga mukka tushib, nimalarnidir chizardi. — Shuhrat — Shinelli yillar; 2) butunlay berilmoq, taʼsiriga tushmoq.
- Umrni uzaytirishning bir necha xil yoʻllari bor: doimo serharakat boʻlish, ortiqcha hasadgoʻy boʻlmaslik, spirtli ichimliklarga mukka tushmaslik.. — Gazetadan.
- U Toʻlqinni yana kaltaklaydi. Bu mahal kaltak Eʼzozxonga ham tegib, u mukkasidan yiqildi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Maxsum pichoq ushlagan qoʻlini oldinga choʻzgancha mukkasi bilan yiqildi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Komil turgan yerida bir chayqalib, oz boʻlmasa, otning tagiga mukkasi bilan tushay dedi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- ..ishdan keldi deguncha apil-tipil ovqatlanadi-yu, chizishga mukkasidan ketadi. — H. Gʻulom — Zamin yulduzlari.
- U kitob oʻqishga yana mukkasidan ketdi. — Yu. Shomansur — Qora marvarid 2) mukka tushmoq 2.
- Mol-dunyoga mukkasidan ketmoq. Maishatga mukkasidan ketmoq.
- Xurofotga mukkasidan ketgan bir qoʻshnim bilan.. gaplashib turgan edik. — "Mushtum".
- Shamshixol aya oʻgʻlining ishga mukkasidan ketganini koʻrib, yegan-ichgani joyiga tushmaydi. — "Oʻzbekiston qoʻrikdari".
- L. Lench oʻz hikoyalarida.. eskilik sarqitlariga mukkasidan tushgan kishilarni fosh qiladi. — Gazetadan.
Source: Wiktionary
Views: 0