Explanatory dictionary
munkir
мункир
Meanings
- Inkor etuvchi, tan olmovchi.
- Munkir kelmoq Tan olmaslik, tonmoq.
Examples
- Xudoning qudratiga munkirmisan? — deb Mullanavroʻz ham Safarga bir doʻq qilib qoʻydi. — S. Ayniy — Qullar.
- Biz tez vaqtda Xurosonni chirigan, achigan mavlonolardan, shariatga munkir ahli fuzalodan tozalab olamiz. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Shariatga munkir kelgan Hasan bilan Sodiqqa aql oʻrgatishga ketayotganmidingiz? — dedi Nishonbek Moʻʼtabarga. — B. Rahmonov — Mardlar qissasi.
- ..oʻzlariga yon bosgan zotlarning boshidan tilla sochardi-yu, ammo ularning hukmdorligiga qittakkina munkir kelgan kimsani aslo kechirmasdilar.. qattiq oʻch olardilar. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Etymology
arab. — inkor etuvchi, tonuvchi
Source: Wiktionary
Views: 0