Explanatory dictionary
munojot
муножот
Meanings
- \a. oLi.
- . — iltijo, Islomdagi farz namozlardan tashqari, ixtiyoriy ravishda oʻqiladigan namoz turi. Har qanday dindorning xudoga ixtiyoriy iltijo va ibodat qilishi ham munojot hisoblanadi.
- . adabiyotda Sharq mumtoz adabiyotining anʼanaviy unsurlaridan biri. Odatda, munojotda najot umidi, iltijo va tavbalar tangriga otashin murojaat shaklida ifodalanadi.
- . Yirik shakldagi oʻzbek mumtoz cholgʻu kuylari turkumi (uch asosiy qismdan iborat).
- . Munojot (xotin-qizlar ismi). Koʻp hollarda talaffuz sabab Munojat shaklida ham qoʻllaniladi.
Examples
- Qishning koʻp vaqtlari.. kechalari qiblaga qarab, tiz bukib oʻtirib, xudoga yigʻlash va munojot qilish bilan oʻtar edi. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Afandi yomgʻirda ivigan bir imoratning orasida xudodan davlat soʻrab munojot qilayotgan edi, chordevordan bir gʻisht tushib, uning boshi yorildi. — "Latifalar".
- Ayriliqdan tinmayin dod aylayin, Yolborib, haqqa munojot aylayin. — "Oysuluv".
- Domla.. muzikaning xumorisi tutar ekan, “Munojot” bilan “Qari navo”ni eshitmagan kunim, bamisoli xaltasini yoʻqotgan devonaman, degan ekan. — P.Tursun — “Oʻqituvchi”
Source: Wiktionary
Views: 0