Explanatory dictionary
murakkab
мураккаб
Meanings
- . Yechi-lishi, tushunilishi, bajarilishi qiyin; ogʻir, mushqul.
- . Katta qiyinchiliklari boʻlgan, mashaqqatli, ogʻir.
- . Tarkibi bir necha (juda koʻp) unsurlardan tashkil topgan.
Examples
- Murakkab masala.
- Bu ish juda murakkab. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Homilaning moʻʼjizali rivojlanish jarayoni biologlar oldida turgan eng murakkab muammolardan biridir. — "Fan va turmush".
- Atoqli xalq sanatkori hayotning eng chigal, murakkab tomonlarini ham jonli til bilan sodda qilib tushuntira olardi. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
- Xoʻjaligimiz dehqonlari murakkab ob-havo sharoiti yuz bergan yilda bir jon-bir tan boʻlib mehnat qilib.. davlat topshirigʻini sharaf bilan ado etdilar. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Men bilan tengdosh boʻlgan yoshlarning oʻsmirlik hayoti juda murakkab bir vaqtga toʻgʻri kelgan edi. — N. Safarov — Jasoratning davomi.
- Koʻz juda murakkab optik sistema boʻlib, kishi hayotida koʻzning yaxshi koʻrishi muhimdir. — Gazetadan.
- Fan va texnikaning uzluksiz rivoji hamda yangi-yangi mukammal moslama va mexanizmlar yaratilishi tufayli yanada murakkabroq EHM-lar paydo boʻla boshladi. — "Fan va turmush".
Etymology
arab. – tarkib topgan, tuzilgan; toʻplab yigʻilgan; aralash
Source: Wiktionary
Views: 0