Explanatory dictionary
mustaqil
мустақил
Meanings
- Ixtiyori oʻzida boʻlgan; tobe, qaram boʻlmagan.
- Oʻzganing yordamisiz yoki rahbarligisiz ish qila oladigan, oʻzicha fikr yurita oladigan, yashay oladigan.
- Faqat oʻziga taalluqli, oʻzgalar ishtirokisiz, taʼsirisiz boʻladigan.
- Mustaqil soʻz Lugʻaviy maʼnoga, nomlash vazifasiga ega, yaʼni predmet, belgi, harakat kabilarni nomlaydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlar.
Examples
- Mustaqil davlat.
- Normuhammad qushbegi Qoʻqondan bosh tovlab, oʻz oldiga mustaqil hukumat eʼlon qilgan boʻldi. — A.Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Doʻstlarining jilmaygan yuzlari.. uning [Elmurodning] hech qachon xayoliga kelmagan bir fikrni shivirlayotgandek boʻldi: "Biz endi jiddiy va mustaqil odamlarmiz".. deyayotganday tuyuldi. — P.Tursun — Oʻqituvchi.
- Endi u oʻzini mustaqil hayot yoʻliga qadam qoʻygan mustaqil bir kishi deb hisobladi. — S.Ahmad — Hukm.
- Oʻzining qiziqib, mustaqil shugʻullanishi natijasida bu tilni oʻqituvchisi bilan gaplasha oladigan darajada bilib oldi. — Mirmuhsin — Umid.
- Mening gapim shu: mustaqil fikringiz boʻlsa, yana oʻylab koʻring. — R.Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- ..uchala shogirdidan ham mingdan-ming rozi ekanini aytdi, endi mustaqil ish qilaverishlaringiz mumkin, deb fotiha ham berdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- gul, chiroyli, sayramoq, besh, bu, qachon soʻzlari mustaqil soʻzlardir.
Etymology
[ arab. - erkin, ozod; tobe boʻlmagan, alohida ]
Source: Wiktionary
Views: 0