Explanatory dictionary
mustasno
мустасно
Meanings
- Umumiy qoidadan, odatdagi tartib, holatdan tashqari.
- Mustasno qilmoq (yoki etmoq) Umumiy holatdagilar qatoriga kiritmaslik; istisno qilmoq.
Examples
- Yor, diyor mehrini kuylab, Umrimiz boʻlgay ado, Men na istisno erurman, Sen na mustasno, qalam. — E. Vohidov.
- Ayrim mustasnolarni hisobga olmaganda, adabiyotimiz turli yoʻllar.. tajribalar asosida rivojlanib boradi. — Gazetadan.
- Mulla Burhon majlisga kirishga mansabi jihatidan loyiq boʻlmasa ham.. mustasno tarzda kirgizildi. — M. Joʻraboyev — M. B. martabasi.
- Agar darsliklarni mustasno qilsak.. matbuot sahifalarida, shuningdek, ilmiy, ommaviy kitob va risolalarda kimyo — ximiya, kimyoviy — ximiyaviy, kimyogar — ximik tarzida ularning har ikki varianti ham qoʻllanayotir. — "OʻTA". —
- Ota-bobolarimiz shu tariqa, terakni mustasno etganda, mevali daraxtni koʻpaytirishga zoʻr eʼtibor berganlar. — Gazetadan.
Etymology
arab. – istisno qilin(adi)gan, tashqaridagi
Source: Wiktionary
Views: 0